«Bayer» 2023 yilning mayidan buyon mag‘lub bo‘lmayapti

“Bayer” mag‘lubiyatsiz seriyasini 31 ta o‘yinga yetkazdi.

Xabi Alonso shogirdlari Bundesliganing 21-turida «Bavariya»ni mag‘lub etishdi – 3:0.

Oxirgi marta leverkuzenliklar o‘tgan mavsum oxirida – may oyida «Boxum»ga mag‘lub bo‘lgan (0:3). Joriy mavsumda ular barcha musobaqalarda 27 g‘alaba va 4 durangga erishgan.

17 fevral kuni “Bayer” safarda “Xaydenxaym” bilan o‘ynaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter