Bundesliga. «Bayer»ni to‘xtatib bo‘lmayapti

Germaniya Bundesligasining 11-turida «Bayer» o‘z maydonida «Union» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda Xabi Alonso shogirdlari 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

«Bayer» – «Union» 4:0

12 noyabr, 19.30, «BayArena»

Gollar: 1:0 – 23 Grimaldo, 2:0 – 57 Kossunu, 3:0 – 73 Ta, 4:0 – 83 Tella.

«Bayer» – Gradeski, Frimpong (Tella, 81), Ta, Kossunu, Inkapie, Grimaldo, Djaka, Xofmann (Adli, 81), Palasios (Andrix, 86), Virts (Mbamba, 87), Bonifase (Glojek, 87).

«Union» – Rennov, Yuranovich (Trimmel, 46), Bonuchchi (Knoxe, 24), Yekkel, Diogu Leyte, Russiyon (Gozens, 79), Xaberer, Kral, Laiduni, Bekker (Aaronson, 64), Fofana (Berens, 78).

Ogohlantirishlar: Rennov (74).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter