Og‘ir atletika. Rustam Jangabayev dast ko‘tarishda bronza medal sohibiga aylandi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. +109 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Rustam Jangabayev O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir bronza medalni keltirdi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 192 kg ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Jangabayevga bronza medalni taqdim qildi.

Jangabayev siltab ko‘tarishda 232 kg shtangani ko‘tardi. Ammo bu medallar uchun kamlik qildi. U siltab ko‘tarish va ikki kurashda to‘rtinchi bo‘ldi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter