ParaOsiyo O‘yinlari-2022. O‘zbekistonlik sportchilar bugun 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
Xanchjou—2022 IV Para Osiyo o‘yinlari start oldi.
23 oktyabr kuni o‘z ishtirokini boshlagan sportchilar allaqachon 4 ta medalni jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL3 klassida final bellashuvlari yakunlandi. Unda ishtirok etgan Shahzoda Mamadaliyeva 58.775 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL2 klassida final bahslari ham o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Iroda Rustamova 1:02.775 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va delegasiya hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shtirib qo‘ydi.
Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL2 klassida final bahslari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Azizbek Abdulhabibov 42.487 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish bo‘yicha bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan Sarvar Azimov 39.13 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Manba: daryo.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/