Noyer «Bayer»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma’lum qildi.

Noyerning tizzasida muammolar bor edi. Bugun u hech qanday cheklovlarsiz ishladi.

Tuxel «Bayer» bilan o‘yin oldidan Noyer borasida bir qarorga kelishini aytdi. Bundesliga yetakchilari o‘rtasidagi duel ertaga kechqurun Leverkuzenda (Toshkent vaqti bilan 22:30) bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter