Bennaser bugungi bahsda jamoasiga yordam bera oladi

«Milan» muxlislari uchun xushxabar – Ismoil Bennaserning jamoa kasalxonasida qolishi qisqa vaqt oladigan bo‘ldi va futbolchi navbatdagi chempionat o‘yinida safga qaytadi.

Gap bugun oqshom bo‘lib o‘tadigan «Frozinone» bilan A Seriyaning yigirma uchinchi turidagi uchrashuv haqida ketmoqda.

Ismoil allaqachon umumiy guruh bilan shug‘ullangan, ammo «Milan» ustozi Stefano Pioli uni butun o‘yin davomida o‘ynatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Bennaser «Milan»da 2019 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Klub ayni damda Italiya A Seriyasi chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter