«Monako» futbolchisi «Marsel»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi
«Monako»ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin 28 sentyabr kuni jamoaning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi, deb xabar beradi GFNF.
Golovin 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Marsel» bilan liganing navbatdagi o‘yinini diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yuboradi.
Taxminlarga ko‘ra, murabbiylar shtabi shu sababli futbolchiga bir kun dam bergan – u ogohlantirishlar limitidan ko‘p sariq kartochka oldi.
Joriy mavsumda 27 yoshli rossiyalik Fransiya chempionatida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/