Allegri «Inter»ni Skudetto uchun asosiy da’vogar deb atadi

A Seriyaning navbatdagi turida “Yuventus” safarda “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.

Ayni damda turinliklar milanliklardan ikki ochko oldinda, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Shu bilan birga, “Inter” ikkita kam o‘yin o‘tkazdi. «Keksa sinyora»ning bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bo‘lajak qarama-qarshilik haqida gapirdi.

“Italiya derbisida ishtirok etish har doim yoqimli, stadion to‘la bo‘ladi. Takror aytaman, Italiyaning eng yaxshi jamoasi va Skudetto uchun kurashda yaqqol favoritga qarshi o‘ynaymiz», – dedi Allegri jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni “Yuventus” “Empoli”ni mag‘lub eta olmadi – 1:1.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter