«Real Sosyedad»ning sobiq futbolchisi jamoa boshqaruviga kutilmagan variantni aytdi
Bir paytlar «Real Sosyedad»da o‘ynagan futbolchi Xabi Priyeto Rossiya terma jamoasining hozirgi murabbiyi Karpinning ishlarini yuqori baholaydi.
Priyetoning so‘zlariga ko‘ra, u Karpinni Ispaniya chempionatida ko‘rishni xohlaydi. «Men uni La Liga klubi murabbiyi sifatida ko‘rishni istardim, chunki Valeriyni oxirgi marta Rossiya televideniyesida ko‘rganman.
Hozirda «Real Sosyedad» Imanol boshqaruvida juda kuchli, ammo kelajakda Karpinni taklif qilish variantini albatta e’tiborga olish kerak», – deya Priyetodan iqtibos keltiradi Sport24.
Aytish joizki, Xabi Priyeto butun faoliyatini “Real Sosyedad”da o‘tkazgan va jamoa sardori bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/