Kalvin Fillips ijara asosida “Vest Xem”ga o‘tdi

“Vest Xem” Fillipsni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Kalvin 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Bornmut”ga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin.

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi yangi jamoasida 11-raqamda harakat qiladi.

Fillips 2022 yilning yozida “Lids”dan “shaharliklar” safiga o‘tgandi. Joriy mavsum Manchester klubida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter