«Nyukasl» umidlarni uzmayapti

«Nyukasl» ushbu transfer oynasida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kalvin Fillipsni ijaraga olishiga umid qilmoqda, deya xabar beradi The Athletic.

Manbaga ko‘ra, bu bosqichda klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan, ammo «so‘ng‘izlar» bu kelishuvni yakunlash imkoniyatlari haqida ijobiy fikrda.

Kalvin Fillips Angliya Premyer-ligasida joriy mavsumda to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 28 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter