Basler: «Myunxenliklar meni Tuxel o‘rniga bosh murabbiy qilib tayinlashlari kerak»

“Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi, Germaniya terma jamoasi bilan 1996 yilgi Yevropa chempioni Mario Basler Bundesliganing 18-turida “Verder”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) Myunxen klubini tanqid qildi.

“Jamoada o‘ziga ishonch yetishmadi. «Bavariya» «Verder»ga qarshi o‘yinda juda yomon o‘ynadi. Demak, bu vaziyatda «Bavariya»ning yagona imkoniyati meni taklif qilishi kerak», – deya Baslerning so‘zlarini keltiradi Sport.de.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya chempionatining 17 o‘yinidan so‘ng “Bavariya” 41 ochko jamg‘argan va ayni damda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter