Londonning ikki klubi «Real Sosyedad» futbolchisi uchun kurashni boshladi

Londonning ikki klubi «Real Sosyedad» vingeri Ander Barrenechea uchun kurashga tayyor.

The Sun ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» va «Tottenxem» klublari Ispaniya yoshlar jamoasi futbolchisida katta salohiyat ko‘rmoqda. 22 yoshli Barrenechea 2018/19 yilgi mavsumdan beri «Real Sosyedad» safida La Ligada o‘ynamoqda. Chap qanot himoyachisining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi, shu bois manfaatdor klublar uchun futbolchi bilan shartnoma imzolash unchalik oson bo‘lmaydi.

Ander joriy mavsum Ispaniya chempionatida uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter