«Real Sosyedad» asosiy himoyachisining kartochkasi bekor qilindi. U «Barselona»ga qarshi o‘ynaydi

«Real Sosyedad» markaziy himoyachisi Igor Subeldiya «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kutilayotgan edi.

Sport nashri xabariga ko‘ra, basklar klubi himoyachining «Rayo Valyekano» bilan o‘yinda olgan sariq kartochkasi bo‘yicha apellyasiya bergan va unda yutib chiqqan. Natijada 26 yoshli ispaniyalik La Liga 12-turidagi «Barselona» bilan o‘yinda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real Sosyedad» – «Barselona» uchrashuvi 5-dan 6 noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter