Mbappe: «Yil sayin ishtiyoq so‘nyapti»
«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe vaqt o‘tishi bilan futbolchilarda futbolga qiziqish yo‘qolib borayotganini aytdi.
«G‘alaba qozonish, chegaralarni bosib o‘tish va buyuk ishlar qilish istagi menga singib ketgan. O‘ylaymanki, men ko‘pchilikdan qarzdorman.
Biz buni unutishga moyilmiz, lekin futbol o‘ynaganimizda abadiy bolalar bo‘lib qolamiz. Shu bois, albatta, saviya o‘zgaradi, lekin gap o‘yinga bo‘lgan munosabat haqida ketar ekan, yil sayin ishtiyoq so‘nyapti”, — deya Mbappening X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘idagi so‘zlarini keltiradi La Source Parisienne.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/