«PSJ» ustozidan Mbappe haqida so‘rashdi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Kilian Mbappening holati haqida savol oldi. Xabaringiz bor, 1 yanvardan boshlab fransuz xorij klublari bilan erkin muzokaralar olib borish va hatto ulardan biri bilan dastlabki shartnoma imzolash huquqiga ega.

«Men bugungacha Kilian bilan qilgan ishimni qilishda davom etaman», – dedi Enrike.

2023/2024 yilgi mavsumda Kilian Mbappe 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda hujumchi 21 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter