«PSJ» prezidenti: «Mbappe keyingi mavsumda ham tarkibimizda qoladi»
«PSJ» rahbari Nosir Al-Xelayfi jamoa hujumchisi Kilian Mbappe keyingi mavsumda Parij klubida qolishini aytdi.
«Kilian «PSJ» futbolchisi bo‘lib qolmoqda. Bizda shunday futbolchi borligidan klub juda xursand. U keyingi mavsumda biz bilan qoladi. Mbappe Parijni yaxshi ko‘radi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Biz u bilan hamkorlik qilayotganimizdan juda mamnunmiz», – dedi Al-Helayfi.
24 yoshli futbolchi va «PSJ» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shartnomada hamkorlikni bir mavsumga uzaytirish haqidagi band bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/