«Yuventus» bu kurashdan chiqdi

«Al-Ittifoq» yarim himoyachisi Jordan Xendersonning «Yuventus»ga o‘tishi dargumon.

Turin klubi «Ayaks» bilan birga angliyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri deb topilgandi. Tuttosport xabariga ko‘ra, «Yuventus» endi «Liverpul»ning 33 yoshli sobiq sardorini taklif qilish g‘oyasidan voz kechishga qaror qildi.

Buning o‘rniga, «keksa sinyora» rahbariyati Transfermarkt portali 40 million yevroga baholagan «Atalanta» yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners uchun kurashish uchun yozgacha kutishni afzal ko‘rmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter