Sane assistlar bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi

Leroy Sane Yevropaning top-5 ligasidagi joriy chempionatlarda eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi bo‘lib turibdi.

«Bavariya» vingeri Germaniya chempionatining 17-turida «Xoffenxaym»ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida 10 ta golli uzatma bor, bu Bundesliga mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkichi.

Sane Myunxen klubida 2020 yildan beri o‘ynab kelmoqda, u avvalroq «Shalke»da o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter