«Ayntraxt» «PSJ»ning birinchi taklifini rad etdi

«PSJ» markaziy hujumchi qidirmoqda va Frankfurtning «Ayntraxt» klubidan Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi. Biroq nemis klubi Parijdan kelgan birinchi taklifni rad etdi, bu haqda jurnalist Loik Tanzi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Klub 24 yoshli Kolo-Muani uchun 60 million yevro va bonus sifatida yana 10 million yevro taklif qildi. Bu shartlar «Ayntraxt»ga mos kelmadi. «PSJ» hozirda ikkinchi taklif tayyorlamoqda.

Kolo-Muani o‘tgan yozdan beri «Ayntraxt»da. U klub safida 47 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani hamkorlariga bergan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter