Dayer «Bavariya»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Erik Dayer «Bavariya»ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi. Angliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon Germaniyaga yetib borgan.

«Men bu klubda o‘ynashni intiqlik bilan kutyapman. Men ham Xarri Keyn bilan imkon qadar tezroq uchrashishni xohlayman», – degan Dayer.

Avvalroq OAV nemis klubi «shporlar»ga to‘rt million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter