Yosh iste’dod Brentfordga ko‘chib o‘tishga yaqin

«Sivasspor» yarim himoyachisi Yunus Emre Konak Angliyaning «Brentford» klubiga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ertaga, 10 yanvar kuni 18 yoshga to‘ladigan futbolchi shu haftada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolashgina qoladi.

Shuningdek, transfer summasi to‘rt million yevro bo‘lishi qayd etilgan. Joriy mavsumda Turkiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi barcha turnirlarda 17ta o‘yinda qatnashdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter