«Chelsi» Santosning vaziyati bo‘yicha ehtiyot bo‘lishi kerak

Yarim himoyachi Lesli Ugochukvu «Chelsi» kasalxonasida qolmoqda.

19 yoshli futbolchi kamida fevralgacha safga qaytmasligi kutilmoqda. Bu London klubini Andrey Santosning kelajagi bilan bog‘liq vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishga majbur qiladi, bu haqda Evening Standart xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin «Chelsi» Santosni «Nottingem Forest»dagi ijaradan chaqirib olgandi.

«O‘rmonchilar» lagerida braziliyalik juda kam o‘yin vaqti oldi va bu «aristokratlar»ga yoqmadi. «Chelsi» Santos uchun yangi jamoa topish istagi borligini xabar qilgandi, ammo endi rejalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hozirda «Chelsi» Premyer-liga turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter