«Chelsi» futbolchisi: «Bu yerda maksimal darajangizni ko‘rsatishga majbursiz»

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu o‘z klubi haqida gapirdi.

Fransiyalik futbolchi avgust oyi boshida «ko‘klar» safiga kelib qo‘shilgandi, u «Renn»dan 27 million yevro evaziga o‘tgan edi.

19 yoshli yarim himoyachi Maurisio Pochettino jamoasi safida Premyer-liga va Liga kubogida 12 uchrashuvda ishtirok etgan.

«Chelsi» – katta klub, dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Transferga rozi bo‘lganimda, stadionda ajoyib mashg‘ulot sharoitlari va yaxshi muhitni ko‘rishni kutgandim – aynan shuni ko‘rdim.

Men juda xursandman, o‘zimni qulay his qilyapman. «Chelsi» o‘z qadriyatlariga ega oilaviy klub. Bu yerda o‘ynaganingizda, siz doimo o‘zingizning maksimal darajangizni ko‘rsatishga majbursiz», – deya Ugochukvuning so‘zlarini keltiradi «Chelsi» matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter