Ugochukvu: «Men raqobatdan qo‘rqmayman»

«Chelsi» yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu Maurisio Pochettino jamoasidagi boshqa yarim himoyachilar bilan raqobatdan qo‘rqmasligini aniq aytdi.

“Shaxsan men hech qachon raqobatdan qo‘rqmaganman va hozir ham shuni aytishim mumkin. Men juda yaxshi o‘yinchilardan o‘rganyapman: Enso Fernandes, Moyzes Kaysedo va men bilan tengdosh Romeo Lavia. Qancha o‘yin daqiqasiga ega bo‘lishim menga bog‘liq», – deya Ugochukvu so‘zlarini keltiradi jurnalist Saymon Fillips.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter