Ten Xag: «Umuman xabarim yo‘q»

Antoni «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlaridan chetlatildi. Sababi, bir nechta zo‘ravonlik voqealarida ayblanayotgan braziliyalik ustidan tergov olib borilmoqda.

«Qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xag jurnalistlarni Antoni haqidagi hech qanday yangilik bilan xursand qilmadi.

«Antoni qachon qaytadi? Umuman xabarim yo‘q. Albatta, hafsalamiz pir bo‘ldi, lekin u yaxshi», – dedi Ten Xag jurnalistlarga.

«Manchester Yunayted» 16 sentyabr, shanba kuni Angliya chempionatining navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi.

Erik ten Xag shogirdlari o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter