Onananing jarohati bo‘yicha ma’lumot chiqdi

Andre Onana «Manchester Yunayted»ning navbatdagi o‘yinida maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.

Darvozabon Kamerun terma jamoasi safida Mavrikiyga qarshi o‘yinda (3:0) jarohat olib, 81-daqiqada almashtirilgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining yelkasida muammolar borligi aniqlangan, ammo klub optimist. Onana 26 noyabr kuni «Everton»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Onana Premyer-liganing 12 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter