Onana Kamerun terma jamoasining o‘yinida jarohat oldi
«Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana Kamerun terma jamoasi uchun o‘yinda jarohat oldi.
Onana JCH-2026 saralashi doirasidagi Kamerun – Mavrikiy (3:0) uchrashuvining 81-daqiqasida kuchli zarba olib, maydonni tark etdi.
Onana joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta o‘yinda darvozasini quruq saqladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/