Papen: «Bu qiyin bahs bo‘ladi»

“Marsel”ning “Olimpik” klubi sobiq hujumchisi Jan-Pyer Papen yevrokuboklarning navbatdagi bosqichlariga qur’a tashlash natijalari haqida fikr bildirdi.

Xususan, raqibi Doneskning “Shaxtyor”i bo‘lgan sobiq jamoasi uchun. Papenning fikricha, 2009 yilgi UYEFA kubogi sohibi fransuzlarga muammo tug‘dirishi mumkin.

«Bu qiyin bahs bo‘ladi, «Barselona»ni mag‘lub etib, o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan jamoa yetarlicha qarshilik ko‘rsatadi. Yevropada katta tajribaga ega jamoa. Bu yerda turli kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin», dedi Papen.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter