Ferdinand: «Tarkibdagi bunday yo‘qotishlar bilan bir nechta turnirlarda qatnashish qiyin»

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand «Nyukasl»ning UYEFA Chempionlar ligasini tark etishiga izoh berdi.

Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida «qarg‘alar» «Milan»dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Jamoa va bosh murabbiy buni aniq tan olishmaydi, lekin ishonchim komilki, ular Yevropa ligasiga yo‘llanma olganidan xursand. Hozirda ularda jarohatlar tufayli ro‘yxatda jiddiy muammolar bor.

Bir nechta turnirlarda qatnashish qiyin, ayniqsa tarkibdagi bunday yo‘qotishlar bilan, – dedi Ferdinand.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter