Noyer: «Shifokorlardan minnatdorman»

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer klub darajasida o‘tkazgan 700 ta o‘yini haqida gapirdi. Darvozabonning yubileyi Chempionlar ligasi guruh bosqichining «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinida sodir bo‘ldi (1:0).

«O‘yindan oldin bu haqida bilmasdim. Oyog‘im singandan keyin hammasi yaxshi bo‘lishini kutmagandim.

O‘yin ritmiga bunchalik tez kirishib ketaman deb o‘ylamagandim. Men juda xursandman va shifokorlardan minnatdorman», – deya UYEFA matbuot xizmati Manuelning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter