Noyer operasiyadan keyin tiklanish mashg‘ulotlariga qaytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer metall implantlarni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanish mashg‘ulotlariga qaytdi.

Dekabr oyida 37 yoshli darvozabon chang‘i uchayotganda oyoq suyagi singan va o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini butunlay o‘tkazib yuborgandi.

Asosiy darvozabonning jarohati sababli «Bavariya» yanvar oyida shveysariyalik Yann Zommer bilan shartnoma imzolagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter