Indzagi: «Tan olaman, «Udineze»dan qo‘rqqandim»

Simone Indzagi A Seriyada «Inter» «Udineze»ni mag‘lub etganidan (4:0) xursand.

«Biz juda yaxshi gollar urdik, yigitlar ajoyib o‘ynashdi. Men bu o‘yindan qo‘rqandim, chunki uch hafta oldin «Udineze» «Milan»ni qanday mag‘lub etganini shu stadionda ko‘rganman. Bu jamoa hozirda jadvalning quyi yarmida joylashgan, ammo uning darajasi kutilganidan yuqoriroq. U xavfli qarshi hujumga o‘tishi mumkin, ammo yigitlar oxirigacha to‘g‘ri munosabat va intensivlikni saqlab, topshiriqni a’lo darajada bajarishdi.

Biz ajoyib jamoaga munosib javob berdik. Biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz va boshqa joyda nima bo‘layotgani haqida o‘ylamasligimiz kerak. Biz ko‘pincha «Yuventus»dan keyin o‘ynaymiz, lekin bunga allaqachon o‘rganib qolganmiz», – dedi «Inter» bosh murabbiyi Sky Sport Italia telekanalida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter