Gullit: «Turli davrlardagi klublarni solishtirib bo‘lmaydi»

«Milan»ning sobiq futbolchisi Rud Gullitdan Gvardiolaning «Manchester Siti» va «Barselona»sini taqqoslash haqida so‘rashdi – «Milan» shunday raqibni mag‘lub eta oladimi? Gullit javob berishdan qochdi va bunday taqqoslashning ma’nosi yo‘qligini aytdi:

«Turli davrlardagi klublarni solishtirib bo‘lmaydi. Biz futbol tarixining bir qismiga aylanamiz – xuddi men o‘ynagan «Milan» kabi.

Turli davrlarda Yevropa futbolida hukmronlik qilgan «Liverpul» va «Ayaks» kabi o‘tmishning buyuk klublarini ham unutmaylik», — deya Gullitning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter