Gullit Xoylundning «MYU»ga transferi haqida fikr bildirdi

Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rud Gullit «Manchester Yunayted» hujumchisi Rasmus Xoylund haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men hujumchi gol urishi kerakligiga ishonaman. Gol ursa, o‘ziga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ladi. Keyin qolgan jamoa futbolchilari uni qidiradi. Hozirda «Manchester Yunayted» futbolchilari Rasmusni tez-tez maydonda izlashmaydi. Hujumchilar ko‘pincha xudbin bo‘ladi, ularga gol kerak. Agar hujumchi jamoada baxtli bo‘lsa, bu boshqa o‘yinchilarga katta ta’sir qiladi», – deya Rudning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Xoylund o‘tgan yozda “Atalanta”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Uning transferi mankunianliklarga 75 million yevroga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter