«Yuventus» yetakchisi bilan yangi shartnoma imzolash borasida ish boshladi
«Yuventus» jamoasi vingeri Federiko Kyeza bilan shartnomani uzaytirish ustida ish boshladi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manba bergan xabarga ko‘ra, kecha, 26 oktyabr kuni futbolchining agenti Fali Ramadani «Yuventus» sport direktori Krishtianu Juntoli bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli italiyalikning turinliklar klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda u 8 uchrashuvda 4 ta gol urdi.
“Yuventus” Kyezani o‘tgan yozda “Fiorentina”dan 42,5 million yevroga sotib olgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/