«Liverpul» «Bavariya» yarim himoyachisini sotib olmoqchi

«Liverpul» «Bavariya» yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni sotib olmoqchi.

Foot Mercato jurnalisti Santi Aunaning so‘zlariga ko‘ra, bu hafta «qizillar» 21 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun faol harakat qila boshladi.

Niderlandiyalikning agenti bilan muzokaralar olib borilmoqda. Futbolchi faoliyatini Premyer-ligada davom ettirishga tayyor.

Iyul oyi boshida «Liverpul» Gravenberx uchun kurashni tark etgani haqida xabar berilgandi.

Yarim himoyachi 2022 yilning yozida «Ayaks»dan «Bavariya»ga o‘tgan edi. Shartnoma 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Futbolchi 30 million yevroga baholanmoqda.

2022/23 yilgi mavsumda Gravenberx barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter