De Zerbi: «Mening burchim – o‘yinchilarimni himoya qilish»

«Brayton» ustozi yolg‘on gapirmaslikka odatlanganini aytdi. 

«Kamera qarshisida turish va o‘yinda sodir bo‘layotgan voqealarga juda aniq va halol baho berish mening burchimdir.

Men shunday qildim ham, jamoa qanday o‘ynagani va qabul qilingan qarorlar bilan o‘yin qanday tus olganini ochiq aks ettirdim.

Bu mening burchim. Mening burchim – o‘yinchilarimni himoya qilish, o‘yinchilarimni qo‘llab-quvvatlash, klubimni qo‘llab-quvvatlash, har doim shunday qilaman», – dedi De Zerbi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter