Usik: «Men haqiqatdan ham futbol o‘ynamoqchiman»

Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va IBF yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik «Poles» klubi bilan shartnomani shunchaki o‘yin-kulgi uchun tuzmaganini aytdi.

«Men haqiqatan ham futbol o‘ynayman – shunchaki kamera uchun o‘ynash emas, balki chinakam mashq qilish, yig‘inda bo‘lish, ishlash uchun o‘ynayman. Maqsadim «Dinamo»ga qarshi o‘ynash.

Jismoniy jihatdan muammo yo‘q. Men butun maydon bo‘ylab yugurish, himoyada turish, to‘pni olib qo‘yish, gol urish imkoniyatiga ega bo‘laman. Bundan tashqari, tasavvur qiling, men gol urdim…», – dedi Usik MEGOGO bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter