Xavi: «Bu – sharmandalik»
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida «Shaxtyor»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida gapirdi.
“Biz past darajadagi o‘yin ko‘rsatdik – to‘pni yo‘qotish, egalik qilishda muammolar, hujumda muammolar. Bu yillar davomida esimda qolgan eng yomon uchrashuvlardan biri. Biz qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz, buni tan olishimiz kerak. Bu – sharmandalik.
Hammasi o‘zimizga bog‘liq, keyingi o‘yinda o‘z uyimizda «Portu»ga qarshi o‘ynaymiz. U yerda biz pley-offga chiqishimiz mumkin. Yaqinda biz yaxshi futbol o‘ynayotgandik. Bu ruhiy muammo», – deya Xavi so‘zlarini keltiradi Marca.
“Barselona” 9 ochko bilan “H” guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Keyingi turda kataloniyaliklar “Portu”ni qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/