Simeone – mag‘lubiyat haqida: «Shunday narsa sodir bo‘lishi mumkinligini bilardik»

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionati doirasida “Las-Palmas”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. “Matraschilar” bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

“Mening futbolchilarim yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Birinchi bo‘limda bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmadi, ammo tanaffusdan keyin bu borada vaziyat yaxshilandi. Raqib ikkita gol urib, bizni muvozanatdan chiqarib yubordi. «Las-Palmas» bu mavsumda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdi, shuning uchun biz bunday narsa bo‘lishi mumkinligini bilardik», – dedi argentinalik mutaxassis.

La Liganing 11-turi natijalariga ko‘ra, Madrid klubi 25 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter