Jeyms o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olishi mumkin
«Chelsi» himoyachisi Ris Jeyms Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan unga qo‘yilgan ayblovlarga rozi bo‘ladi. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeyms «Aston Villa»ga (0:1) qarshi APLning 6-tur uchrashuvida rasmiy shaxsga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganlikda ayblangani haqida xabar berilgandi. Taxminlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi ma’lum miqdordagi o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Jeyms ayni damda jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda. Joriy mavsumda 23 yoshli himoyachi “Chelsi” safida bitta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol ura olmadi.
“Ko‘klar” navbatdagi o‘yinini 2 oktyabr kuni “Fulxem”ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/