«Kopengagen» darvozaboni: «Biz bu tuynukda uch ochko olishga haqli edik»
“Kopengagen” darvozaboni Kamil Grabara Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida Istanbulning “Galatasaroy” klubiga qarshi o‘yindagi natijan izohladi. Daniyaliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘lim oxirida ikkita gol o‘tkazib yubordi.
“Biz bu tuynukdan uch ochko olishga haqli edik. Lekin bu futbol. Biz faqat olg‘a intilyapmiz», – deya xabar qoldirdi darvozabon ijtimoiy tarmoqlarida.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida “Kopengagen” o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qiladi. Uchrashuv Daniyada 3 oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/