Superliga ishi yuzasidan yaqin orada qaror chiqariladi

Yevropa Ittifoqi Adliya sudi 21 dekabr kuni Superliga ishi yuzasidan qaror chiqaradi. El Chiringuito bu haqda xabar berdi.

Xabaringiz bor, Superliga vakillari bir necha yil avval musobaqa qoidalari buzilganini aytib, FIFA ustidan sudga murojaat qilgandi.

Superliga tashkil etilgani e’lon qilinganidan so‘ng loyiha ishtirokchilari UYEFA va FIFAga sanksiyalar qo‘llanilishi bilan tahdid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida Yevropaning 12 grandi Superliga tashkil etilgani haqida e’lon qilgan edi. Muxlislarning ommaviy noroziliklari fonida bir necha kun ichida to‘qqizta klub loyihadan voz kechdi. 2023 yilda «Yuventus» ham Superligadan chiqishini e’lon qildi. Bu g‘oyani haligacha «Barselona» va «Real Madrid» qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter