Vinisiusning sudda ko‘rsatma berishi yana qoldirildi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning o‘ziga nisbatan irqchilikka asoslangan haqoratlari haqidagi nutqi qoldirildi, deb xabar bermoqda EFE nashri.
Manbaga ko‘ra, futbolchi sudga avval rejalashtirilganidek 28 sentyabrda emas, balki 5 oktyabr kuni keladi. Kechiktirish tashkiliy sabablarga ko‘ra va Vinisiusning o‘zi so‘ragan. Hujumchi videokonferensiya orqali bayonot berishi va keyin savollarga javob berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kechiktirish «Real» futbolchisi uchun ikkinchisi bo‘ldi. Iyun oyida Vinisius xorijda ta’tilga chiqqani uchun sudda ko‘rsatma bera olmadi.
26 may kuni Valensiya sudi Vinisiusning «Malyorka» bilan o‘yinda bo‘lgan irqchilik haqoratlari bo‘yicha tergov boshladi. Ushbu o‘yindan so‘ng braziliyalik futbolchiga nisbatan irqchilik nuqtai nazaridan haqorat qilgan muxlis aniqlanib, keyinroq qo‘lga olindi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/