«Chelsi» hujumchisi operasiya qilindi
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Nikolas Jekson xalqaro tanaffus vaqtida Senegal terma jamoasini tark etdi va qo‘lini operasiya qildi, deya xabar beradi “90min” o‘z sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi oxirida Liga kubogi doirasidagi «Brayton»ga qarshi o‘yinda u bilagini jarohatlab, maydonni tark etgandi. Manbaga ko‘ra, jarohat jiddiy emas, ammo hujumchi xalqaro o‘yinlarda qatnashishdan ko‘ra jarrohlik amaliyotini afzal ko‘rgan. Taxminlarga ko‘ra, undan tiklanish Jeksonga ko‘p vaqtni o‘tkazib yuborishga imkon bermaydi va u 21 oktyabrga qadar, ya’ni «ko‘klar» Premyer-ligada «Arsenal»ga qarshi o‘yinda tayyor bo‘ladi.
Joriy mavsumda Jekson Premyer-liga va Liga kubogining to‘qqizta uchrashuvida uchta gol urdi. U o‘tgan yozda «Vilyarreal»dan London jamoasiga kelib qo‘shilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/