«Chelsi» yanvar oyida Osimxen bilan shartnoma imzolamoqchi

«Chelsi» hujumni markaziy hujumchi bilan kuchaytirish niyatida.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli Nikolas Jekson sotib olinganiga qaramay, «ko‘klar»ga hujumchi yetishmayapti.

«Chelsi» yanvar oyida kuchliroq hujumchini sotib olmoqchi. London klubining maqsadi «Napoli» a’zosi Viktor Osimhen.

Avvalroq, «Chelsi» ayni damda totalizator qoidalarini buzgani uchun diskvalifikasiya qilingan «Brentford» futbolchisi Ayvon Toniga qiziqayotgani xabar qilingandi.

Osimxen joriy mavsum A Seriyaning 7 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter