«Brayton» yetakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Brayton» hujumchisi Kaoru Mitoma tez orada klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi mumkin.

Daily Mirror xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma borasida kelishib olishga yaqin. Qayd etilishicha, “Brayton” shu yo‘l bilan futbolchining Angliya premyer-ligasining top-klublaridan biriga ketishi ehtimolidan o‘zini himoya qilmoqchi.

Avvalroq Mitomaga «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Aston Villa» va boshqa jamoalar qiziqish bildirgan.

26 yoshli yaponiyalikning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter