Gvardiola: «Omadsizliklarimizni tahlil qilamiz»

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola jamoasining ketma-ket ikki mag‘lubiyati haqida gapirdi. «Shaharliklar» Liga kubogida «Nyukasl»ga (0:1), APLda «Vulverxempton»ga (1:2) mag‘lub bo‘ldi.

«Ba’zida shunday bo‘ladi – «Manchester Siti» mavsum davomida o‘yinlarda mag‘lub bo‘ladi. Aytishim kerakki, biz tez-tez noto‘g‘ri o‘ynab qolishimiz mumkin, lekin buning to‘liq oldini olish mumkin emas. Ammo omadsizliklarimizni tahlil qilamiz», – dedi murabbiy.

Angliya chempionatida «Manchester Siti» 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. APLning navbatdagi turida Gvardiola shogirdlari Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter