Gvardiola: «Rostini aytaman, undan bu darajadagi o‘yinni kutmagandim»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda Jeremi Dokuning harakatlariga yuqori baho berdi.

“Sharharliklar” Londonda irodali g‘alabaga erishdi (3:1), 21 yoshli belgiyalik futbolchi 46-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining ilk golini urdi.

«To‘g‘risini aytsam, Doku «Manchester Siti»dagi ikkinchi o‘yinida bu darajada o‘yin ko‘rsatishini kutmagandim. Odatda yosh o‘yinchi bilan uzoq muddatga shartnoma imzolaganingizda katta sabr talab etiladi. Bugun u birinchi daqiqalardanoq hal qiluvchi va tajovuzkor edi, bu shunchaki uning maqsadi emas edi. U o‘z darajasini isbotlay boshladi», – deya Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Manchester Evening News.

Eslatib o‘tamiz, Jeremi Doku avgust oyi oxirida «Renn»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter